Poytaxtimizda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada dastlab Toshkent shahrida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib o‘tildi.
Shuningdek, sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish, Xalq deputatlari Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish kabi poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar o‘rin oldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA