Atrofimizda shunday "qahramon"lar borki, ular o‘z halovatidan kechib, xalqimizning tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishadi. Ularning ana shunday beminnat xizmatlari evaziga biz oilamiz davrasida hotirjam o‘tiramiz, jajji farzandlarimiz bilan istirohat bog‘larida aylanamiz, o‘zimiz tanlagan kasbda rivojlanishda davom etamiz.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda patrul-post xizmatchisi o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida katta miqdordagi pul bilan hamyon topib olgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Topilgan hamyondagi pulning miqdori kattaligini hisobga olgan xodim hamyondagi pensiya daftarchasidan shaxsni aniqlashtirib uy manzilini topib boradi, ammo ming afsuski u manzilda uy egalari allaqachon ko‘chib ketishgan ekan.
Voqealar rivojiga siz ham qiziqdingizmi, keling yaxshisi barchasini batafsil Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va huquqbuzarliklarni oldini olish yo‘lida sadoqat bilan tunu-kun xizmat qilayotgan xodimlardan biri katta serjant Shavkat Nazarovning o‘zidan eshitsak.
Darhaqiqat, halollikda baraka bo‘ladi. Birovning haqqi ikki dunyoda ham buyurmaydi. Yurtimizda ana shunday o‘z vazifasiga fidoiy va mas’uliyat bilan yondashadigan insonlar bor ekan, yurtimiz yana gullab-yashnayveradi. Bizni kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringizni e’tiborsiz qoldirmang.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/k5d1ZPdgBls" title="Shavkat Nazarov: Halovat va xotirjamlik – halollikda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA