Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahrida Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda “Siemens”, “Thyssenkrupp”, “Volkswagen”, “Knauf”, “Claas”, “MAN”, “Deutsche Bahn”, “Linde Group”, “Falk Porcshe Technik”, “Atlas International”, “Tenova”, “Giesecke & Devrient”, “Papenburg”, “Euler Hermes”, “Deutsche Bank”, “Commerzbank” kabi Yevropa va jahon bozorining yetakchi kompaniyalari, moliyaviy tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda bugungi kunda Oʻzbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan qatʼiy yangilanish va islohotlar, ayniqsa, iqtisodiyotning erkinlashtirilayotgani mamlakatimizning izchil rivojlanishi va aholi farovonligining yuksalishi uchun shart-sharoit yaratayotgani taʼkidlandi.

Germaniya dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida boʻlib, ulkan savdo-iqtisodiy resurslar, keng investitsion salohiyat va ilgʻor texnologik ishlanmalarga ega davlat hisoblanadi. Oʻzbekistonning boy tabiiy resurslari, yuqori darajadagi inson kapitali, uning tarmoqlangan infratuzilmasi, qulay investitsiya muhiti Germaniya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga jiddiy asos yaratmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng qulay geosiyosiy joylashuviga koʻra, balki ijtimoiy-siyosiy va makroiqtisodiy barqarorligi bilan ham ajralib turadi. Shuningdek, germaniyalik hamkorlar Oʻzbekistonning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashga yoʻnaltirilgan puxta oʻylangan siyosiy intilishini yuqori baholaydi.

Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratilayotgan alohida qayd etildi. Ularning faoliyatini ragʻbatlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivoji yoʻlidagi toʻsiqlar bartaraf etildi, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezilarli qisqartirildi.

Xorijiy investorlar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida, amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan qoʻllab-quvvatlash, dolzarb masalalar, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari uchrashuv ishtirokchilarini ushbu kengash faoliyatida faol ishtirok etishga taklif qildi.

9ebdefc3-2414-9d2a-0e78-3af55c344857.jpg

Samarali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashda Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qoʻmitasi muhim oʻrin egallashi taʼkidlandi.

Tashkil etilayotgan Investitsiya va texnologiyalar qoʻmitasi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikning yangi mexanizmiga aylanishi lozimligi qayd etildi.

Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, valyuta va soliq tizimlarining liberallashuvi, viza olish tartibi soddalashtirilgani, jumladan, 30 kungacha muddatga vizasiz tartib joriy etilgani Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratganini taʼkidladi.

14 yanvar kuni Berlin shahrida boʻlib oʻtgan biznes-forumda qiymati 8 milliard yevrodan ziyod shartnoma va kelishuvlar imzolangani buning dalilidir.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Germaniya moliyaviy tashkilotlari, firma va kompaniyalari oʻrtasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish, investitsiya-texnologik hamkorlikni kengaytirish hamda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasida Germaniya investorlari ishtirokida tashkil etilgan 110 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 30 ga yaqini toʻliq Germaniya kapitali evaziga tashkil etilgan.

Suhbat chogʻida mazkur tashrif ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarga yangi mazmun bagʻishlashiga ishonch bildirildi.

Germaniya Oʻzbekistonning strategik muhim infratuzilmasini takomillashtirishda ham faol ishtirok etmoqda. Shu oʻrinda Toshkent shahridagi xalqaro aeroportni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha umumiy qiymati 50 million yevro miqdoridagi yirik loyihani alohida aytib oʻtish joiz. Germaniya “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi, uning qulay imkoniyatlariga ham katta qiziqish bilan qaramoqda.

Mamlakatimizda Germaniyaning mashhur sanoat gigantlari – “MAN”, “Claas”, “Knauf” va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Avtomobilsozlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanmoqda. AQSHning yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi “General Motors” hamda Yaponiyaning kichik avtobuslar chiqaruvchi “ISUZU” kompaniyasi qatori mamlakatimizda Germaniya avtogigantlaridan biri boʻlgan “MAN AG” kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgani fikrimizning yorqin dalilidir.

– Biz bu hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz, – dedi davlatimiz rahbari. – Oʻzaro ishonchga asoslangan istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz.

Muloqotda Oʻzbekiston va Germaniya moliya muassasalari, firma va kompaniyalari oʻrtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatish hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

50616299-9ae1-e825-1d13-038d4409be9a.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev germaniyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi