Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» forumi 15-may kuni o‘z ishini davom ettirdi.

Pekin, 15-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.     

Davlatimiz rahbari mazkur forumning ahamiyati, uni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Biz tabiiy, ishlab chiqarish va inson resurslariga g‘oyat boy bo‘lgan mintaqamizda transport, savdo, investitsiya, energetika va yuksak texnologiyalar sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutamiz, dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Ikkinchi muhim masala – Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqishdan iboratdir, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yurtimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy  salohiyati misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. O‘zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijliklarning O‘zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda.

Qadimda  turli mintaqalarning o‘zaro aloqasida Buyuk ipak yo‘lining roli beqiyos bo‘lgan.

Buyuk ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit’alar  o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari tarqalishida,  madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Bugun bu yo‘lning qayta tiklanishi deb baholanayotgan «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

"Bir makon, bir yo‘l" loyihasi rivojlangan davlatlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish,  rivojlanayotgan, iqtisodi taraqqiyot bosqichida bo‘lgan mamlakatlarga yordam berishni ham nazarda tutadi.

– Forumda ko‘plab davlatlar va hukumatlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Bu tashabbusning keng tarqalishiga imkon beradi. Bu global ahamiyatga ega g‘oyadir, – deydi Tailand tashqi ishlar vaziri Don Pramudvina. – Mazkur tashabbusga O‘zbekistonning ham qo‘shilgani katta ahamiyatga ega. Mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib bormoqda. Ko‘plab davlatlarning yetakchi firma va kompaniyalari mamlakatingizga sarmoya kiritmoqda. O‘zbekiston rivojlangan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirayotir.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi ko‘plab davlatlar ishbilarmonlarining hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda.
  
Forum bugun o‘z ishini yakunlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Bir makon, bir yo‘l xalqaro forumida nutq so‘zladi