Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bir qator obyektlarda bo‘lib, viloyat iqtisodini ko‘tarish, aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishmoqda.

Keyingi manzil Jizzax shahari, Mustaqillik ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli arzon uy-joylar bo‘ldi.

Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan bapo etilayotgan mazkur uy-joylar aholining keng qatlami uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bunday zamonaviy uylar yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatga, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini yanada mustahkamlamoqda

Qarorga muvofiq, 2018-2020 yillarda shaharlarda qariyb 43,5 ming kvartira qurilishi rejalashtirilgan. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida uy-joylarning tarifidan kelib chiqib, 10 foizdan 40 foizgacha miqdoridagi summa boshlang‘ich badal sifatida belgilandi. 

968f4302-eb19-6773-7563-4598132a089f.jpg

Jizzax shahrida qurilayotgan mazkur uy-joylarni joriy yilning sentabr oyida to‘liq foydalanishga topishirish ko‘zda tutilgan.  7 qavatli, 420 xonadonga mo‘ljallangan uylar 2 va  3 xonali.

Shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan 10 ta bu uylar eski, hech bir sharoiti yo‘q, pastqam uylarda yashayotgan aholini bosqichma-bosqich zamonaviy uylar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Prezidentimiz yangi qurilayotgan uy-joylar loyihalari bilan tanishdi.

Shu yerda  Shavkat Mirziyoyevga viloyatda olib borilayotgan qurilish ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Sharof Rashidov tumanidagi Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli turar joy binolarining joylashuv loyihasi, mazkur tumandagi “Toqchilik” QFY hududida barpo etilayotgan  zamonaviy 3-4 qavatli, 2-3 xonali arzon uy joylar massivi loyihalarida aholi ehtiyoji hisobga olingan bo‘lib, qurilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Jizzax shahridagi Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab quriladigan infratuzilma obyektlari, ko‘p-qavatli turar joylar, Sayljoyi mahallasi hududidagi 37-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi  binosini qayta ta’mirlash kabi qator istiqbolli loyihalar taqdim qilindi.  

c110bc70-889d-5411-3ff6-a82e0420f6ac.jpg  

– Jizzax shahrida qurilish ishlari avjiga chiqmoqda. Shuning uchun bu yerda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish kerak, – dedi davlatimiz rahbari. – Ana shunda qurilayotgan binolarning narxi arzonga tushadi.

Prezidentimiz Jizzax viloyatining ichimlik suv tizimini rivojlantirish loyihasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha barcha manbaalarni ishga solish bo‘yicha mutassadilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Jizzax viloyati ko‘p qavatli uy-joy fondini ta’minlash dasturiga asosan 2017 yilda 345 ta ko‘p qavatli uy-joy ta’mirlagan. Bu ishlarni amalga oshirishda  11 ta tijorat banki tomonidan 16,3 milliard  so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. 2018 yilda 409 ta ko‘p qavatli uy-joy va ularning atrofini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadlarga 59,6 milliard so‘m mablag‘ jalb etiladi.

Shavkat Mirziyoyev loyihalar bilan batafsil tanishdi. Mutasaddilarga ajratiladigan mablag‘lar, qurilish ishlarini yakuniga yetkaziish muddatini nazorat qilishni topshirdi.

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Шавкат Mirziyoyev: Aholini uy-joy bilan ta’minlash doimiy e’tiborimizda