Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish salomatlik omilidir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish salomatlik omilidir. Ovqat tarkibida natriy miqdori yuqoriligi, don mahsulotlari kamligi, oq undan tayyorlangan mahsulotlar iste’moli ko‘pligi yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqishining asosiy sabablaridan sanaladi. 

Toshkentda o‘tkazilgan "Sog‘lom ovqatlanish – sog‘lom millat" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ham ayni shu masalaga e’tibor qaratilib, amerikalik tadqiqotchilar izlanishlarining samarasi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. So‘zga chiqqan xorijlik olimlarning fikricha, bir avlodning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ovqatlanishi, ya’ni ular iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari kelgusi avlodning sog‘lig‘iga o‘z ta’sirini ko‘rsatar ekan. 

– Biz uzoq yillardan buyon ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib kelamiz, – deydi Bob va Charli Mur nomidagi ovqatlanish va salomatlik instituti direktori, doktor Kent Tornburg. – Izlanishlarimiz natijalari o‘zimizni ham lol qoldirdi. Buni qarangki, homilador ayollar to‘g‘ri ovqatlanish orqali homila rivojlanayotgan paytda uning genini ham o‘zgartirib yuborishi mumkin ekan. Noto‘g‘ri ovqatlanishdan tashqari juda ko‘p omillar homila rivojlanishiga ta’sir o‘tkazadi. Bu ekologiya, stress holatlar, foydali mikroelementlarning yetishmovchiligi, yod tanqisligi, turli toksinlar va hokazo. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham so‘nggi vaqtlarda o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qandli diabet va ortiqcha vazn, qon bosimining yuqorilab ketishi xastaliklari ko‘p uchramoqda. Avvallari bu kasalliklar "G‘arb xastaliklari" deya qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda bu muammo Sharq va G‘arb mamlakatlarini birdek tashvishga solmoqda. Biz birgalikda mazkur kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘z vaqtida aniqlab, zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rishimiz shart, deb o‘ylayman. 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi hamda Oregon salomatlik va fan universiteti tomonidan tashkil etilgan anjuman doirasida britaniyalik mashhur dietolog va shifokor Devid Barkerning "Ona qornidagi homila oziqlanishi" nomli kitobi taqdimotiga ham o‘rin berildi. Ayni mavzu bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar, dalillar, ilmiy ishlanmalar ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi. 

– Sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi, – deydi tibbiyot fanlari doktori, professor, dietolog Guli Shayxova. – Anjumanda sog‘lom avlodni shakllantirishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham so‘z bordi. Davlatimiz rahbarining ayni masalaga muhim e’tibor qaratayotgani xorijlik hamkasblarimizda katta qiziqish uyg‘otdi hamda o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish niyati borligini bildirishdi. Bunday hamkorlik natijalari biz uchun ham muhim. Chunki, onalar salomatligi kelgusi avlodning sog‘lig‘i degani.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqni tashvishga solayotgan G‘arb xastaligi yoxud noto‘g‘ri ovqatlanishning tug‘ilajak farzandga ta’siri
Жамият
18:00 / 24:09:2019