
FOTOREPORTAJ
Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda okrug qo‘mondonligi, faxriylar, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shu bilan birga, okrug qo‘shinlaridagi harbiy qismlar video konferensiya orqali tadbirga ulanib, bir vaqtda ishtirok etdi.
[gallery-20777]
Tadbir avvalida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov nutq so‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanini ta’kidladi. U Bosh qomusimizning yurtimiz xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor sifatida xizmat qilayotganini qayd etdi.
General-mayor O.Saidov o‘z nutqida harbiy xizmatchilarning xalqaro maydondagi yuksak yutuqlari va yoshlarimizning jahon arenalaridagi takrorlanmas g‘alabalarini ham alohida e’tirof etdi.
Tantanali tadbir doirasida bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vaziri hamda okrug qo‘shinlari qo‘mondonining buyrug‘i bilan qimmatbaho sovg‘alar, esdalik nishonlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar milliy g‘ururni oshirish, harbiy xizmatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA