Vatanimiz tarixidagi 26-sentyabr sanasi bilan bogʻliq ayrim voqealar bayoni.

976-yil (bundan 1044 yil oldin) – Somoniylar davlatining amiri Nuh ibn Mansur otasining vafotidan soʻng 13 yoshida taxtga oʻtirdi (hukmronlik davri 976–997-yillar). Uning yoshi hali kichik boʻlgani tufayli onasining topshirigʻi bilan davlat ishlarini Foiq al-Xossa bilan hojib Tosh olib borgan. U siyosiy va harbiy sohada islohotlar oʻtkazgan. Uning davridagi siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan.

Mashhur tabib Abu Ali ibn Sino 16 yoshida Nuh ibn Mansurni davolab, oʻsha davrda Sharqdagi eng boy kutubxona sanalgan Somoniylar davlatining kutubxonasida mutolaa qilish imkoniyatiga ega boʻlgan. Ibn Sino bir necha yil shu kutubxonada kitoblar mutolaasiga shoʻngʻib ketadi. Bu kutubxonada qadimgi yunon mualliflari asarlari ham saqlangan.

1884-yil (bundan 136 yil oldin) – Qoʻqonda Oʻzbekiston tarixidagi paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zavod qurildi.

1943-yil (bundan 77 yil oldin) – Ikkinchi jahon urushining 19 yoshli qatnashchisi Oʻrozboy Jumaniyozov Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Tolokunskaya Rudnya qishlogʻi rayonida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtib, jangda jasorat koʻrsatdi. U ushbu jasorati uchun shu yilning 17-oktyabrida Qahramon unvoniga sazovor boʻldi. Biroq Oʻrozboy Jumaniyozov 1943-yil 12-dekabrdagi jangda bedarak yoʻqoldi.

1991-yil (bundan 29 yil oldin) – Toshkent shahridagi Oʻzbekiston milliy bogʻida Alisher Navoiyning ulugʻvor haykali qad rostladi.

1992-yil (bundan 28 yil oldin) – mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda eʼlon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar oʻrganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda berildi.

2017-yil (bundan 3 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunni qabul qildi. Uchrashuvda Janubiy Koreya Oʻzbekistonning muhim va ishonchli hamkorlaridan biri ekani alohida qayd etildi.

Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqdagi eng boy kutubxonadan 16 yoshida foydalangan tabib