O‘zbek xalqining boy va qadimiy musiqa san’ati har doim Sharq xalqlari madaniyati orasida alohida o‘rin tutib kelgan. Uning bu mavqei xalq ijodiyoti bilan uzviy bog‘langanligi sababli hozirgi zamonda ham tobora oshib bormoqda. Bu yilgi “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali ana shu qadriyatlarni yanada yuksaltirishni maqsad qilgan.

2024 yil 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. 1997 yilda ilk marta o‘tkazilgan bu festivalga bu yil dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida 300 nafardan ziyod vakillar tashrif buyuradi.

Festival doirasida 2024 yil 27-28 avgust kunlari Yunus Rajabiy nomidagi

O‘zbek Milliy musiqa san’ati institutida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiyada 32 xorijiy davlatdan 46 nafar musiqashunos, folklorshunos va madaniyatshunos olimlar, shuningdek, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari ishtirok etadi. Bu nufuzli ishtirokchilar konferensiyaning nufuzini yanada oshiradi.

Konferensiya davomida soha mutaxassislari milliy musiqa san’atini turkiy davlatlar musiqa madaniyati bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish kabi masalalarni muhokama qiladilar. Shu bilan birga, TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” rezolyutsiyasi qabul qilinishi va turli davlatlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Gambiya, Ummon va Iordaniya davlatlaridagi oliy o‘quv yurtlari, xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari bilan jami 12 ta o‘zaro hamkorlik shartnomalari ham imzolanadi. Ushbu hamkorliklar qo‘shma ijodiy loyihalar, xalqaro festivallar va tanlovlar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar va nazariy ma’ruzalar o‘qish kabi sohalarni qamrab oladi.

Konferensiyaning yana bir muhim qismi “MAQOM KAPSULASI” taqdimoti bo‘lib, bu ilmiy anjumanning eng ijodiy cho‘qqisi sifatida ta’riflanmoqda. Maqom kapsulasi ilmiy yangilik bo‘lib, unda har bir maqomning ijro vaqti hamda uning inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan “Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” ham taqdim etiladi.

Konferensiyaning ilmiy natijalari va xulosalari, shuningdek, saralangan eng yaxshi maqolalar jamlangan “Maqolalar to‘plami” nashr etilgan bo‘lib, ishtirokchi va mehmonlarga sovg‘a qilinadi.

Shuningdek, har bir ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan xalqaro sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali doirasida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi