Saudiya Arabistoni Podshohligining SPA, Qatar davlatining QNA, O‘mon Sultonligining ONA axborot agentliklari, Kuvaytning “Yangiliklar” gazetasi va "Ko‘rfaz", "Yaqin Sharq" kabi ko‘plab nashrlar “O‘zbekiston terma jamoasi qanday qilib Osiyo gigantiga aylandi?”, “Kapadze Jahon chempionati saralashidagi muvaffaqiyatini O‘zbekiston xalqiga bag‘ishladi”, “O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi” sarlavhali materiallar e’lon qildi.

Ushbu мақолаларда xalqimiz 30 yildan ko‘p kutgan, mamlakatimiz futbolи tarixida yangi sahifa ochgan kun e’tirof etilgan. Aniqrog‘i, futbol bo‘yicha Jahon chempionati  Osiyo qit’asi 3-saralash bosqichi 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘yinda 0:0 hisobidagi durangga erishib, ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ta’kidlangan.

Mualliflar jahon chempionatiga chiqish ulkan muvaffaqiyat sifatida nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar va federatsiyaning ham yutug‘i ekaniga urg‘u bergan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharq matbuotida o‘zbek o‘g‘lonlari ta’rifi