Vatanimiz tarixidagi 21 noyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1404 yil (bundan 620 yil oldin) – Amir Temurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan boshqa ko‘pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatorda Rui Goncales de Klavixo boshchiligidagi ispan elchilari ham Samarqanddan jo‘natib yuborildi. Ispan elchilari Temur saltanati poytaxti – Samarqandga o‘sha yilning sentyabrida yetib kelgan edilar.

Klavixo Ispaniyaga 1406 yilning mart oyida qaytib keldi. Oradan bir oy o‘tgach, u Samarqand safarida bo‘lgan ispan elchiligi haqidagi axborotni yozib, Kastiliya qiroli Genrix III ga topshirdi. Keyinchalik uning bu axborotnomasi “Buyuk Temur tarixi” va “Temur qarorgohi Samarqandga safar kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilindi.

Amir Temur saroyidagi muhitni, u yerdagi tartib-qoidalarni o‘rganishda Klavixoning ushbu kundaligi katta ahamiyatga ega. Klavixo Amir Temurning xotinlari, kelinlari va nabiralarini ham ko‘rgan, uning o‘zi bilan uchrashgan, saroydagi hayotni, jannatmakon shaharni ko‘rgan, kuzatgan. Shu sababdan uning kundaligi Amir Temur davlatining ichki hayotini, Yevropa davlatlari bilan olib borgan munosabatlari tarixini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. 

1420 yil (bundan 604 yil oldin) – temuriyzoda G‘iyosiddin Boysung‘ur mirzo Tabrizga keldi va u yerdan o‘zi bilan kitobat san’ati ustalarini, jumladan, Sidi Ahmad Naqqosh, Xoja Ali Musavvir va ustoz Qavamiddin Mujallid Tabriziylarni Hirotga olib ketdi. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Shohrux mirzoning o‘g‘li G‘iyosiddin Boysung‘ur mirzo (1397 – 1433) Hirotda Sharq kitobat san’ati taraqqiyotida yangi davrni boshlab bergan saroy ilmiy muassasasi va kutubxonasiga asos soldi, saltanatning turli hududlaridan kelgan mutaxassis ustalarni o‘z homiyligi va rahbarligi ostida birlashtirdi. O‘rta asrlar Sharq qo‘lyozmalari bo‘yicha tadqiqotchi, shved diplomati F.Martin 1912 yilda bu muassasaga nisbatan «Boysung‘ur akademiyasi» degan ta’rifni ishlatgan.

1897 yil (bundan 127 yil oldin) – arxeolog, tarixchi, sharqshunos, O‘zbekiston va Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Mixail Masson tavallud topdi (vafoti 1986 yil).

1920 yil (bundan 104 yil oldin) – Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Yer to‘g‘risidagi qonunida amirga tegishli barcha mol-mulk va yerlar xalq mulki deb e’lon qilindi.

1921 yil (bundan 103 yil oldin) – Turkiston Xalq Komissarlar Soveti sudyalar tayyorlaydigan bir yillik kurs tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq, Adliya xalq komissarligi (vazirligi) qoshida 120 nafar tinglovchiga ega bo‘lgan kurs tashkil etildi. 

Tarixchi Dilshod Kamolovning yozishicha, kurs tinglovchilariga belgilangan miqdorda stipendiya berilgan. Adliya xalq komissarligi tomonidan ishlab chiqilgan qoidaga ko‘ra, sudyalik lavozimiga o‘tkaziladigan saylovlarda kursni tugatgan tinglovchilar boshqa nomzodlarga nisbatan ustuvor mavqega ega bo‘lgan.

1929 yil (bundan 95 yil oldin) – haykaltarosh, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Muxtor Musaboyev tavallud topdi. U 1968 yili Samarqanddagi Ulug‘bek, 1973 yili Toshkentdagi Beruniy, 1978–1981 yillarda Xorazmdagi Xorazmiy haykallarini yaratgan.

1941 yil (bundan 83 yil oldin) – urush yillarida jismoniy hamda aqliy jihatdan yetuk fuqarolarni urushga safarbar etishni yanada jonlantirish, fashistlar hujumidan aziyat chekkan hududlarga moddiy va moliyaviy yordamni kuchaytirish hamda urushda sobiq Sovet davlatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Oliy Sovet qarori bilan “Bo‘ydoq, yakka va bolasiz fuqarolar solig‘i” joriy etildi. U 20–50 yoshli erkaklar va 20–45 yoshli ayollarga nisbatan joriy etilib, yiliga uning miqdori bir kishi uchun 100 so‘mni tashkil etgan.

1991 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Andijon viloyatidagi Moskva tumanining tarixiy nomi – Shahrixon tumani nomi va Leninsk shahrining tarixiy nomi – Asaka shahri nomi, Ilichevsk shahrining tarixiy nomi – Qorasuv shahri nomi qayta tiklandi hamda Sirdaryo viloyatidagi Voroshilov tumanining nomi Sayxunobod tumani deb o‘zgartirildi.

1992 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi ikkinchi bor matbuotda e’lon qilindi. Natijada olti mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi hamda loyihaga qator tuzatish hamda aniqliklar kiritildi.

1995 yil (bundan 29 yil oldin) – Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida “Qardosh xalqlar uchrashuvi” mavzusida Xalqaro qurultoy bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda “Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi” tashkil etildi. Chingiz Aytmatov uning prezidenti etib saylandi. 

2017 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharq kitobat san’ati taraqqiyotida yangi davrni boshlab bergan temuriyzodani bilasizmi?