So‘nggi yillarda Buxoroning turistik salohiyatini dunyoga yanada yoyish maqsadida jahonning turli davlatlaridan ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilinayotir. Rossiyalik sayyohlarni Buxoroga jalb qilish maqsadida ham turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri “Sharq ertagiga sayohat” deb nomlandi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Sharq ertagiga sayohat” deb nomlangan tur Buxoro va Samarqand kabi shaharlarni o‘z ichiga oldi. Sayohat ijod ahliga bu qadim shaharlarning turizm salohiyati bilan tanishish imkonini berdi. 

“Rossiya segodnya” xalqaro informatsion agentligi, IA TASS, “Vestnik Ator”, “Argumenti i fakti”, “Izvestiya.ru”, “Komsomolskaya pravda”, “Rossiyskaya gazeta” kabi ommaviy axborot vositalari vakillari qadim Buxoroga tashrif buyurdi. Ko‘hna obidalar jurnalistlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharq ertagiga sayohat”