Şarof Raşidov xotirasi Jizzaxda eʼzozlandi
Jizzax şahrida atoqli davlat arbobi va adib Şarof Raşidov tavalludi munosabati bilan xotira tadbiri bölib ötdi. Jamoatçilik vakillari adib haykali poyiga gulçambarlar qöyib, uning yurt taraqqiyotiga qöşgan hissasini yodga oldi.
Jizzax şahri markazidagi Şarof Raşidov haykali poyida ötkazilgan tadbirda viloyat taşkilotlari rahbarlari, ziyolilar, nuroniylar, jamoatçilik vakillari hamda yoşlar iştirok etdi. Ular buyuk yurtdoşimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, haykal poyiga gulçambarlar qöydi.
Marosimda sözga çiqqanlar Şarof Raşidovning Özbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan örni va mamlakat taraqqiyoti yölidagi faoliyatini alohida eʼtirof etdi. Uning xalq farovonligini oşiriş, yurt salohiyatini yuksaltiriş borasidagi saʼy-harakatlari haqida söz yuritildi.
[gallery-32390]
Şuningdek, atoqli adibning adabiyot va madaniyat rivojiga qöşgan hissasi, boy ijodiy merosining maʼnaviy ahamiyati taʼkidlandi. Zero, tarixda iz qoldirgan insonlarning hayoti va faoliyatini örganiş yoş avlodning milliy özlikni anglaş tuyğusini mustahkamlaşda muhim örin tutadi.
Bugun Jizzaxda Şarof Raşidov nomi eʼzozlanib, uning hayoti va ijodiy merosi çuqur örganilmoqda. Bu boradagi işlarni izçil davom ettiriş va kelajak avlodga yetkazişga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bunday xotira tadbirlari esa ajdodlar merosiga hurmat, tarixiy xotiraga sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov, Jamşid Yorbekov
(surat), ÖzA muxbirlari