Bugun, 25 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘tayotgan “Sharjah Masters-2025” xalqaro turnirining so‘nggi 9-tur o‘yinlari tashkil etiladi.

Nufuzli musobaqaning barcha guruhlarida g‘olib va sovrindorlarni aniqlab beradigan turnirning “A” guruhidagi oxirgi tur o‘yinida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda eronlik Amin Tabatabai bilan, turnirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga yetakchilik qilayotgan niderlandiyalik Anish Giri hindistonlik Aditya Mittal bilan kurash olib boradi.

Mazkur qarama-qarshiliklardagi bahslar, shuningdek Shant Sargsyan(Armaniston) – Velimir Ivich(Serbiya), Bardiya Daneshvar(Eron) – Aleksandr Indjich(Serbiya) uchrashuvlari “Sharjah Masters-2025”da kimlar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishiga oydinlik kiritishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

“A” guruhida dona surayotgan yurtdoshlarimizdan Ortiq Nigmatov ushbu turda oq donalarda turkiyalik Vaxap Sanal bilan, Javohir Sindorov oq donalarda polshalik Yan Malek bilan, Muhiddin Madaminov qora donalarda turkiyalik Alparslan Isik bilan kuch sinashadi.

Kecha yakunlangan 8-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Birlashgan Arab Amirliklari vakili Solix Salimni, Jahongir Vohidov qora donalarda braziliyalik Jovanni Veskovini, Muhiddin Madaminov polshalik Yakub Zeyemanni mag‘lubiyatga uchratgan vaziyatda Ortiq Nigmatov qora donalarda ruminiyalik David Gavrileskuga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, 2022 yili tashkil etilgan “Sharjah Masters-2022” turnirida hamyurtimiz N. Abdusattorov tay-brekda aynan BAA vakili Solix Salimni dog‘da qoldirib, bosh sovringa ega chiqqandi. Bu gal Nodirbek uch yil muqaddam erishgan natijasini takrorlay oladimi?

9-tur o‘yinlari ostonasida Anish Giri va Nodirbek Abdusattorov 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularni taqib etayotgan 6 nafar shaxmatchi hisobida 5,5 ochko bor.

Terma jamoamiz a’zolaridan Ortiq Nigmatov 4 ochko bilan 33-pog‘onada, Muhiddin Madaminov va Jahongir Vohidov 3 ochko bilan 68-69-qatorlarda joylashib turibdi.

Xalqaro turnirning “B” guruhida 7 ochko bilan hindistonlik Mayank Chakraborti yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik shaxmatchilardan Davron Sharipov 5 ochko bilan 21-o‘rinda, Behro‘z Umarov 4,5 ochko bilan 46-o‘rinda qayd etilgan.

“B” guruhida o‘z imkoniyatini yaxshilash sari intilayotgan shaxmatchilarimizdan Davron Sharipov 9-turda oq donalarda xitoylik Sunle Gong qarshiligini yengishga intilsa, Behro‘z Umarov qora donalarda Avstraliya sharafini himoya qilayotgan  Yi Lyu bilan ro‘baro‘ keladi.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 73 ming AQSH dollaridan iborat turnirning “A” guruhida g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 15 ming, 2-o‘rin sohibi 10, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchi 7 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi. Musobaqalarda 15-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalardan joy olganlar mukofot jamg‘armasida belgilangan miqdordagi mablag‘ni qo‘lga kiritadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharjah Masters-2025”: uch yil muqaddam erishilgan natija takrorlanadimi?