Sharipov Alisher Kalbayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Vodorod-benzin yonilg‘isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusida
Sharipov Alisher Kalbayevichning 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Vodorod-benzin yonilg‘isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 5 iyul kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li 17. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti.
Tel.: (99871) 246-80-51;
e-mail: info@polito.uz;