Shakirov Sardor Abdusaminovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“COVID-19 infeksiyasida buyrakning patologik anatomiyasi” mavzusida
Shakirov Sardor Abdusaminovichning 14.00.15 - “Patologik anatomiya” ixtisosligi bo‘yicha “COVID-19 infeksiyasida buyrakning patologik anatomiyasi” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 6-oktyabr kuni soat 11:00dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona shahri Turon ko‘chasi, 2-uy
Tel/faks: (99873)243-06-62
e-mail: info@fmioz.uz, www.fjsti.uz