Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimligi tashabbusi bilan tumanning turizm salohiyatini namoyish etish maqsadida bir guruh jurnalist va blogerlar uchun ikki kunlik press-tur tashkil etildi.

– Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 19 sentyabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini ta’kidladilar, – deydi tuman hokimi Samad Hasanov rahbari. – Ushbu videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqib, tumanimizni ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish choralarini ko‘ryapmiz. Tumanimizga yiliga o‘rtacha 650 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrif buyuradi. Tahlillarga ko‘ra, mahalliy va xorijiy sayyohlar asosan ziyorat, eko va gastronomik turizm yo‘nalishi bo‘yicha keladi. Ularning soni so‘nggi 3 yilda 2,5 barobarga oshgan. Birgina joriy yilning yanvar-avgust oylarida 530 ming nafar mahalliy va 120 nafardan ziyod xorijiy sayyoh tumanimizga tashrif buyurgan.

Ta’kidlash lozimki, tumanning turizm yo‘nalishidagi hududlarida hozirda jami 862 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda. Shundan, 3 tasi mehmonxona, 3 tasi sanatoriya, 5 tasi dam olish oromgohlari, 2 tasi turoperatorlar, 111 tasi uy mehmonxonalari, 77 tasi dam olish maskanlari, 369 tasi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlari, 21 tasi umumiy ovqatlanish maskanlari, 245 tasi sartaroshxona, moyka, go‘zallik salonlari va hammom hamda 18 tasi ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etadi. Ushbu sub’ektlarda jami 1 ming 472 nafar kishi ishlaydi.

Shuningdek, mazkur mahallalarda mavjud talabdan kelib chiqib yana 67 ta xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tadbirkorlik sub’ektlari tashabbusi bilan yangidan qurilmoqda. Mavjud 862 ta tadbirkorlik sub’ektlaridan 682 tasida kadastr hujjatlari qilingan bo‘lsa, 168 ta sub’ektlarda kadastr hujjatlari qilinmagan. 723 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tib qonuniy faoliyat yuritsa, 127 tasi hali ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatmoqda.

[gallery-9019]

O‘tgan uch yil mobaynida sayyohlar talabidan kelib chiqib mehmonxona, sanatoriya, aholi dam olish maskani, umumiy ovqatlanish, supermarket va boshqa xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida qiymati 110 milliard so‘mlik 26 ta yangi loyihalar amalga oshirilib 846 ta ish o‘rni yaratildi. Turizm mahallalarida yangi zamonaviy 7 ta mehmonxona ko‘plab uy mehmonxonalari va aholi dam olish maskanlari tashkil etilgani, rafting yo‘nalishi kabi yangi maskanlarning tashkil etilishi sayyohlar oqimining ko‘payishiga olib keldi.

Tuman rahbarining ta’kidlashicha, hali kelgusida hududda turizmni yanada rivojlantirish uchun rejalar bisyor. Mavjud 188 ta uy mehmonxonalari hamda dam olish maskanlari turizmga ixtisoslashgan mahallalardagi jami xonadonlarning bor-yo‘g‘i 1,5 foizini tashkil etsa, 12,5 ming xonadonlardan oilaviy mehmon uylari va yetarlicha sharoit yaratish mumkin bo‘lgan xonadonlar hisobiga bosqichma-bosqich qo‘shimcha 1 ming 867 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish imkoniyati mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uy mehmonxonalari tashkil etish imkoni bo‘lgan 1867 ta xonadon hozirda har yili 559 million so‘mlik yer solig‘i to‘lab kelmoqda. Ushbu xonadonlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yuridik maqomga ega uy mehmonxonalari tashkil etilsa, Prezidentimizning 104-sonli qaroriga ko‘ra hozirda to‘lanadigan 559 million so‘m yer solig‘i o‘rniga 56 million so‘m yer solig‘i to‘laydi. Shuningdek, ijtimoiy soliq hisobiga 603 million so‘mlik hamda aylanmadan olinadigan soliq hisobiga 373 million so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llaniladi.

Umumiy hisobda 1867 ta xonadonlar 104-sonli qarorga ko‘ra 1,4 milliard so‘mlik soliq imtiyozlariga ega bo‘lib, ushbu mablag‘lar xonadon egalari tasarrufida qoladi. Shuningdek, har bir xonadonda o‘rtacha 4 nafardan oila a’zolari borligini inobatga olsak, mazkur xonadonlarning 7 468 nafar oila a’zolari ish bilan ta’minlanadi. Har bir xonadon kuniga o‘rtacha 10 nafar turistni qabul qilsa, qo‘shimcha kuniga 18,7 ming nafar sayyohlarni qabul qilish sharoiti yaratiladi. Aholi daromadlari 1,9 milliard so‘mga oshadi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga asosan 2022-2023 yillarda turizm mahallalari infrastrukturasi uchun tumanga 85,3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda. Ushbu mablag‘lar tumanning turizmga ixtisoslashgan hududlaridagi yo‘l, kanalizatsiya, internet va mobil aloqa, elektr energiya ta’minotini yaxshilashga sarflanadi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrisabz sayohat va ziyorat maskaniga aylanadi