Rossiyaning Yekaterinburg shahrida nihoyasiga yetgan boks boʻyicha jahon chempionatida mamlakatimiz “charm qoʻlqop” ustalari uchta oltin hamda bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlib, umumjamoa hisobida yakka peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida nihoyasiga yetgan boks boʻyicha jahon chempionatida mamlakatimiz “charm qoʻlqop” ustalari uchta oltin hamda bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlib, umumjamoa hisobida yakka peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Bu ulkan muvaffaqiyatda Buxoro boks maktabi vakili, “Rio – 2016” gʻolibi Shahobiddin Zoirovning ham munosib hissasi bor.

52 kilogramm vaznda olti bor ringga tushgan sportchimiz barcha raqiblarini katta ustunlikda magʻlub etib, oltin medalga munosibligini isbotladi.

23-sentyabr kuni Shahobiddin Zoirov Buxoroda katta tantana bilan kutib olindi. Shodiyonaning davomi oqshom viloyat markazining tarixiy qismida, odamlar bilan hamisha gavjum Ark qalʼasi maydonida boʻlib oʻtdi.

Unda Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqdi. Tadbirda mamlakatimizda sportni ommaviylashtirish, ayniqsa, uning olimpiya turlari, jumladan, boksni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani samarasida sportchilarimiz yuqori natijalarga erishayotgani taʼkidlandi.

Shundan soʻng viloyat hokimi jahon chempioni Shaxobiddin Zoirov va ustozi, Kogon shahrilik taniqli murabbiy Istam Kabinovga Prezident sovgʻasi sifatida “Trakker” yengil avtomashinasi kalitini topshirdi.

Taʼkidlash joiz, sportni rivojlantirish va yosh sportchilarni tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun mustaqillik bayrami arafasida murabbiy Istam Kabinov mamlakatimiz Prezidenti farmoniga asosan, “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan edi. Tadbirda unga ushbu mukofot ham topshirildi.

–Har bir xalqaro musobaqa men uchun katta imtihon, –deydi Shahobiddin Zoirov. – Yurt sharafini munosib himoya qilishning alohida masʼuliyati bor. Jahon chempionatida munosib qatnashib, oltin medalni qoʻlga kiritganimdan, ustozlarim, ota -onamning ishonchini oqlaganimdan baxtiyorman. Bugun menga koʻrsatilgan eʼtibor, Prezident sovgʻasi topshirilgani oʻz ustimda ishlab, yangi yutuqlarga erishishga undaydi. Men uch yil ilgari Braziliyada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan edim. Endigi maqsadim – “Tokio – 2020”da ham ana shunday yutuqqa erishish. Buning uchun avvalo boʻlib oʻtadigan nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga harakat qilaman.

6.JPG

3.JPG

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahobiddin Zoirov: yurt sharafini himoya qilishning masʼuliyati bor
Жамият
20:43 / 23:09:2019