“UzWaterAware” loyihasi ham “Oʻzbekistonning qishloq joylarida suvni barqaror boshqarish" dasturining bir qismi sifatida yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chambarchas bogʻliqdir.

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining Oʻzbekistondagi filiali tomonidan amalga oshirilayotgan “ UzWaterAware” loyihasi doirasida Toshkent shahri va viloyatlarda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan va toʻrt yilga moʻljallangan loyiha joriy yilning noyabr oyida yakunlanadi.

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ushbu loyiha doirasida suv va suvni tejovchi texnologiyalar mavzusiga bagʻishlangan eko-darslar ahamiyati haqida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining Oʻzbekistondagi filiali rahbari Shahnoza UMAROVA oʻz fikrini bildirdi.

- Keyingi paytlarda Oʻzbekistonda suv va undan unumli foydalanish masalasi davlatimiz siyosat darajasiga koʻtarildi, - dedi Sh. Umarova. - Chunki mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda suv muhim boʻlib, undan oqilona foydalanish amaliy natijalar beradi.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi ham bu ishlar koʻlamini kengaytirish hamda uning ijrosida xalqaro tashkilotlar, NNTlarning faol ishtirok etishida muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi mazkur loyihaning milliy hamkori. Biz loyiha doirasida Toshkent shahri va respublikamiz hududlarida koʻplab tadbirlarni tashkil etishga muvaffaq boʻldik. Mamlakatimizdagi suv va ekologik muammolar mavzularida davlat idoralari, NNT, OAV hamkorligida aholi oʻrtasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishga erishdik, desak oʻrinli boʻladi.

Shu bilan birga, yaqinda Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida eko-darslar tashkil etdik. 14-16-oktyabr kunlari ana shunday darslar Xorazm viloyatida ham oʻtkaziladi. Mahalliy tashkilotlar hamkorligida boʻlib oʻtgan eko-darslardan koʻzlangan maqsad ishtirokchilarga suv va suvni tejovchi texnologiyalar haqida maʼlumotlar berish, ularning suv va ekologiyani asrash borasidagi madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan.

Masalan, Nukus shahridagi 28-, 31-maktablar, Nukus tumanidagi 31-, 32-maktablar, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 11-, 4-, 2-akademik litseyi, Matbuot uyi, Angor tumanidagi 29-, Jarqoʻrgʻon tumanidagi 36- maktablarida oʻtkazilgan eko-darslar qiziqarli va mazmunli boʻldi. Ularda namoyish etilgan suv haqidagi animatsion videolavhalarda ilgari surilgan tavsiya va yoʻriqlar ishtirokchilarga har jihatdan foydali boʻldi.

Yana bir eʼtiborli jihati, biz oldinroq “Bebaho suv toʻgʻrisida qimmatli bilimlar” bolalar kitobini rus va oʻzbek tillarida chop ettirgan edik. Yaqinda biz shu kitobni qoraqalpoq tilida ham chop ettirib, oʻtkazilgan mashgʻulotlarda 5 mingta kitobni qoraqalpoqlik oʻquvchilarga taqdim etdik. Shuningdek,, ishtirokchilarni koronavirus infeksiyasining yuqish xavfini bartaraf etish boʻyicha maslahatlar bitilgan axborot bukletlari hamda 10 ming dona niqob va antiseptik vositalari bilan taʼminlashimiz ham pandemiya sharoitida markazning ezgu ishlaridan deyish mumkin.

Muhimi, MOMEM tomonidan “UzWaterAware” loyihasining toʻrt yillik faoliyati davomida suv va ekologiya mavzuida oʻtkazilgan qator tadbirlar hamda ishlab chiqilgan oʻquv materiallari mamlakat aholisi oʻrtasida ekologik taʼlimni targʻib qilishda yordam beradi, deb umid qilamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahnoza Umarova: “UzWaterAware” suv va ekologiya muhofazasida samarali loyiha boʻlib qoladi