Vaqt – go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplarga o‘xshaydi. Uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz va bebaho bo‘ladi. Hech qachon qaytib kelmaydigan narsa ham bu  - o‘tib ketgan vaqtdir. Shuning uchun ham inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli foydalanib, uni ilm olishga, oilasi, xalqi davlati uchun xizmat qilishga sarflashi lozim.

Shahnoza Safoyevaga ham vaqtning qadr, qimmati, uni ilm olishga sarflash kerak, degan tushunchalar bolaligidanoq singdirilgan. Shu bois ham u eng avvalo vaqtni bekor o‘tkazmaslikka harakat qiladi.

Yigirma to‘rt bahorni qarshilagan Shahnoza boshqa tengdoshlaridan farqli o‘laroq hayotda, jamiyatda qolaversa, jahonda ham o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yoshlardan. Shahnoza o‘zbek, turk, ingliz, arab, rus tillarida ravon so‘zlasha oladi. U hozirgi kunda AQSHdagi  Kolumbiya universitetida magistratura bosqichida o‘qimoqda.

Shahnoza suhbatimiz davomida erishgan yutuqlari bilan birga, kelgusidagi rejalari xususida ham so‘zlab berdi.

-Shahnoza, mana siz dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan birida tahsil olyapsiz. Aytingchi, bunga qanday erishgansiz?

- Inson har tong yangi kunni qarshi olar ekan uning ixtiyoriga 24 soat vaqt beriladi. Bu unga har kuni beriladigan 1440 daqiqa yoki 86400 soniyalik fursatdir. O‘tayotgan vaqtimizni mazmunli o‘tkazish yoki bekorchilikda sarflash ham o‘zimizga bog‘liq. Bolaligimdan ota-onam menda ilmga nisbatan muhabbatni singdirgan. Vaqtni bekorga o‘tkazmasdan kitob o‘qishga, foydali ishga jalb qilishgan. Bu meni eng katta yutug‘im bo‘lgan.

Vaqtni to‘g‘ri sarflaganim bois kelinlik davrlarimda ham barcha uy ishlarini o‘z vaqtida bajarib, ham Tashqi ishlar vazirligida ishlar edim. Shu bilan birga, Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirishga tayyorlanganman. Shu vaqtning o‘zida bir qancha maqola chop ettirishga ham ulgurganman. Bularning barchasiga vaqtdan to‘g‘ri foydalanaganligim sababli erishganman.

Insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Dunyodagi barcha rivojlangan davlatlar yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga eng avvalo, ilm-fan va ta’limga qaratilgan ulkan e’tibor tufayli erishmoqda.

Davlatimiz tomonidan yoshlarning ilmli, eng rivojlangan davlatlarda ta’lim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ana shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda men ham maktabni tamomlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida grant asosida o‘qidim. O‘qishni tamomlab, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosida bosh mutaxassis va diplomat-tarjimon sifatida ishladim. Tarix, siyosat va ijtimoiy muammolar mavzusida bir qancha maqolalarim milliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Hozirgi kunda Kolumbiya universitetida Inson huquqlarini tadqiq qilish yo‘nalishida magistratura dasturida o‘qiyapman. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar, ayollar huquqlari va inson huquqlarini ta’minlashda dinning roli mavzularini chuqur o‘rganyapman.

Meni quvontirgan yana bir narsa, Kolumbiya universitetining “Diversity and inclusion” yo‘nalishi bo‘yicha delegat sifatida universitetning barcha talabalarga teng huquqlar ta’minlash jarayoniga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan mamnunman. Kolumbiya universiteti senatori sifatida universitet qonunlarini ishlab chiqishda qatnashyapman. 

Universitet bo‘yicha 30 mingta talaba bo‘lsa, ulardan bor yo‘g‘i 25 tasi saralab olinib, universitet senatori bo‘ladi. Dunyoning turli joylaridan borib tahsil olayotgan minglab yoshlar orasidan meni ham senator etib tayinlashgani menga katta mas’uliyat, g‘urur va shijoat bag‘ishlaydi.

-Oddiy bir o‘zbek qizi uchun dunyoning boshqa bir davlatida o‘qish, yashash qiyinchiliklarsiz bo‘lmasa kerak. Ana shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutgansiz?

- Darhaqiqat, chet elda o‘qish va ish tajribasiga ega bo‘lish – ko‘plab yoshlarning orzusi. Ammo buning uchun yaxshi bilim egallash va til bilishning o‘zi kifoya emas. Eng asosiysi moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlov, ko‘mak kerak bo‘ladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta tashkil etilgan «El-yurt umidi» jamg‘armasi esa ana shunday orzu-istak bilan yashayotgan yoshlarga tom ma’noda ko‘makchi, yelkadosh bo‘lyapti.

Jamg‘armaning stipendianti bo‘lgan talaba  yoshlarning deyarli barcha xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Jamg‘arma xorijda o‘qiyotgan o‘zbek yoshlari qandaydir qiyinchilikka duch keladigan bo‘lsa doim yordam berib qo‘llab-quvvatlaydi. Men ham ushbu jamg‘armaning stipendianti bo‘laganligim bois bu yerda deyarli qiyinchiliklarga uchramadim. Eng og‘ir qiyinchilik bu – sog‘inch. Har kunimiz Vatanimizni , ota-onamizni, xalqimizni sog‘inmasdan o‘tmaydi.

-Siz o‘qiyotgan davlatda xotin-qizlarga davlat tomonidan qanday imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Ularning qaysilarini O‘zbekiston uchun ham joriy qilish mumkin, deb o‘ylaysiz?

- AQSHda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor juda katta. Misol uchun, grantlarga, universitetlarga yoki ishga topshirganlar orasidan doimo birinchi navbatda ayollarni olishga harakat qilinadi. Ayollar uchun nafaqat alohida kvota, balki alohida stipendiya, stajirovka dasturlari mavjud.

Misol uchun, Kolumbiya universitetini oladigan bo‘lsak, jinsiy, jismoniy, psixologik va hatto iqtisodiy zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab quvvatlaydigan tashkilotlar mavjud. Ushbu tashkilotlarda xotin-qizlarga  ham psixologik, ham huquqiy ham moddiy yordam beriladi.

Quvonarlisi, so‘ng yillarda davlatimizda ham gender tengligini ta’minlash, ayollarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga e’tibor ortib boryapti.

Buyuk davlat arbobi Indira Gandining “Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz”, degan so‘zlarida katta hayotiy haqiqat bor. Shuning uchun oxirgi yillarda xotin-qizlarning oliy ma’lumotli bo‘lishi, kam ta’minlangan oilalarga mansub qizlarimiz oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida davlat granti asosida o‘qishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Qizlar  uchun yaratilgan bunday qo‘shimcha imkoniyat yana minglab oilalarga bilim va ma’rifat nurini olib kirishi shubhasiz.

-Huquqshunos sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning qabul qilingani haqida ham fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz.

-Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinganligi - bu juda muhim qadam. Ushbu o‘zgarishlar davlatimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonaman.

Yangilangan Konstitutsiyada ta’lim tizimini, ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish uchun, o‘qituvchilar maqomini, nufuzini oshirish uchun alohida moddalar kiritildi. Shuningdek, asosiy qomusimizda yoshlar huquqlariga katta e’tibor qaratilgan.

Inson huquqlarini o‘rganayotgan bir talaba sifatida men uchun eng katta o‘zgarish bu - davlatimizni huquqiy deb aniqlashtirish bo‘ldi. Huquqiy davlatda, biz bilamizki, barcha jarayonlar qonuniy asoslarda bo‘lib o‘tadi va eng muhimi barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qaraladi. Bu esa o‘z navbatda barcha fuqarolarimizni qonun oldida tengligini kafolatlaydi.

Shuningdek, o‘qituvchilarning qadrini oshirish, ta’lim tizimini va sifatini rivojlantirish mamlakatning ravnaqi yo‘lidagi o‘ta muhim bir jarayondir. O‘qituvchilarning sha’ni va qadrini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish bu jarayonda katta o‘ringa ega.

Oliy qonunda alohida tilga olingan kasb vakillari sifatida, o‘qituvchilarning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida endi davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilishi juda ham quvonarli hol.

Yoshlar huquqi deganda, biz birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga bo‘lgan to‘laqonli huquqini tushunamiz. Shu bois, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash xalqimiz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi.

Davlatimiz va jamiyatimiz, birinchi navbatda e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”.

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zining aql-zakovati, ijodiy imkoniyati va kuch-quvvatini namoyon etishi va rivojlantirishi uchun sharoitlarning yangi ufqlari ochilyapti. Ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan minglab yoshlar qatorida men ham yurtimizning buyuk kelajagini yaratishda o‘z hissamni qo‘shaman degan umiddaman. Universitetni bitirib yurtimizga qaytaman va ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqchiman.

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova suhbatlashdi.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahnoza Safoyeva: Chet elda o‘qish uchun xorijiy tillarni bilishning o‘zi kifoya emas