Qonun va ijro

Sir emas, so‘nggi yillarda ba’zi turar joy binolari noqonuniy qurilayotgani sababli o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmayotgan holatlar uchrab turibdi. Vaziyat shu darajaga yetganki, ba’zi uy-joylar topshirilishi va’da qilingan vaqtdan 4-5 yillab kechikmoqda yoki umuman qurilmasdan qolmoqda. 

Buni tarmoqlarda aholining murojaatlari ko‘payganidan bilish qiyin emas. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yurtimizda shaharsozlik sohasini takomillashtirish va ob’ektlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, shaharsozlikka oid qonunchilik talablari buzib kelinmoqda.

Joriy yil 25 mart kuni “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko‘ra, endi hujjatsiz, o‘zboshimchalik bilan qurilish qilganlarga jiddiy choralar belgilandi. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Muhammadjon Mo‘minjonov bilan yangi qonun mazmun-mohiyati borasida suhbatlashdik. 

– Ushbu qonun noqonuniy qurilishlarning oldini olishga xizmat qila oladimi?

– Qonunga muvofiq, endilikda belgilangan talablarga zid ravishda amalga oshirilgan qurilish ishlari jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Qonunga asosan, ro‘yxatdan o‘tmasdan, tegishli ruxsatlarsiz qurilish-montaj ishlarini boshlash qonunbuzarlik sifatida baholanadi. Bu holat uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslarga — 150 baravarigacha, mansabdor shaxslarga — 250 baravargacha bazaviy hisoblash miqdorida jarima belgilanadi.

Qoidalar ikki qavatdan yuqori, umumiy balandligi 12 metrdan va maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 kub metrdan ortiq hajmdagi noturar binolar uchun amal qiladi. Agar ma’muriy jazodan so‘ng ham qurilish to‘xtatilmasa, Jinoyat kodeksining 229³-moddasiga asosan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Agar bunday qurilish inson hayotiga ziyon yetkazsa, javobgar shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 

–Ko‘p qavatli uylarning tayanch konstruksiyalarini o‘zboshimchalik bilan buzib, o‘zgartirgan huquqbuzarlarga qanday choralar qo‘llaniladi?

Ko‘p qavatli uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zboshimchalik bilan buzish, o‘zgartirish yoki shikastlash holatlarida aybdorlarga tegishli choralar ko‘riladi. MJtKning 159-moddasiga muvofiq, fuqarolar — 50 barobar, mansabdorlar — 100 barobar miqdorda jarimaga tortiladi. Takroriy hollarda Jinoyat kodeksiga muvofiq, 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish jazolari belgilanadi.

Agar to‘siq devorlarga shikast yetkazilsa va inspeksiya tomonidan yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatma asosida kamchilik bartaraf etilsa, shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi. Biroq, belgilangan muddatda amalga oshirilmasa, javobgar shaxs jazoga tortiladi va kamchilik majburiy ravishda bartaraf etiladi.

Ushbu huquqiy islohotlardan asosiy maqsad seysmik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning hayoti va mulkini himoya qilish hamda noqonuniy qurilishlarning oldini olishdan iborat.

–Amalga oshirilgan qurilish ishlari odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, buning uchun qanday chora ko‘riladi?

Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslari hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, qonun bilan Jinoyat kodeksining 229³-moddasiga qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlikka o‘zgartirishlar kiritilgan.

Endilikda ob’ektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilganlik hamda boshqa yana bir qator harakatlar uchun jinoiy javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan.

Qonunga ko‘ra, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, buning uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. 

Ilgari qonunchiligimizda bunday jazo bo‘lmagan. Endi qonun normalarini buzib, ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirib, rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni buning natijasida ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan huquqbuzarlar javobgarlikdan ozod etiladi. 

Qolaversa, loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hamda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun jarima jazosi belgilangan. Shuningdek, shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun amalda belgilangan jarima jazolari kuchaytiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu qonun O‘zbekistonda qurilish sifatini oshirish, binolar va inshootlar qonunga xilof ravishda qurilishining oldini olish hamda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/d0oHU6W9vi8" title="Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi (+video)