Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Energetika, Tabiiy resurslar vazirliklari, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti, loyiha institutlari hamda qayta tiklanuvchi energiya va energiya tejamkor texnologiyalar sohasidagi xususiy sektor vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

“O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda shaharsozlik standartlari va bosh rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda energiya samaradorligi va iqlim o‘zgarishi asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.  

Qayd etilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan  Global ekologik fond (GEF)ning grant ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihaning maqsadi O‘zbekiston qishloq aholisini obodonlashtirilgan va zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash orqali atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan arzon yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Loyiha O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan qishloq uy-joy sektorida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradigan yanada barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilgan.  

2022 yil 2 dekabrda qabul qilingan «2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida qurilish sohasida energiya tejamkor va energiya samaradorligi yuqori bino va inshootlarni qurishda, shuningdek, aholi punktlarida energiya samaradorligini oshirish va energiya tejash normalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘rsatkichlari aniq belgilab berilgan.  

– Energiya samaradorligi va iqlim o‘zgarishini hududiy rejalashtirishga kiritish hamda qurilish normalari va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish O‘zbekistonda qurilish sektorini barqaror rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi “O‘zshaharsozlik LITI” ilmiy bo‘limi boshlig‘i Bahodir Sodiqov. – Ushbu davra suhbati qimmatli ma’lumotlarni to‘plash va yanada barqaror va yashil kelajakni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Bu yil qishdagi anomal sovuq kunlarda hamma binolarning energiya samaradorligi haqida o‘yladi va binolarni izolyatsiya qilish va umuman ob’ektlarda issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish yo‘llarini izlay boshladi. Energiya tejamkor materiallar zamonaviy qurilishning ajralmas qismi hisoblanadi, chunki ular bino va inshootlarning energiya sarfini kamaytiradi. Bu esa o‘z navbatida isitish, konditsionerlik va yoritish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.  

Tadbirda qurilish normalari va shaharsozlik qoidalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va g‘oyalar ishlab chiqildi.  

M.Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharsozlikda energiya samaradorligi g‘oyatda muhim