FOTOREPORTAJ
Ona Vatanimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi, Farg‘ona viloyatining shaharu qishloqlari ham ulkan bunyodkorlik markazlariga aylanmoqda. Aholi manzillari tobora zamonaviy qiyofa kasb etib, ko‘rkam turar joylar, muhtasham ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport majmualari, madaniy-maishiy binolar, dam olish maskanlari barpo etilmoqda.
Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yashillikni kengaytirish masalalari ham alohida e’tiborda. Yangi bog‘-rog‘lar, so‘lim xiyobonlar soni ko‘payib, yo‘llar jahon andozalari darajasiga keltirilayotgani buning isboti. Bunyodkorlik ishlarida xususiy qurilish korxonalari faol ishtirok etayotgani e’tirofga loyiq, albatta.
[gallery-24674]
Ayni paytda kun sayin ko‘rkamlashayotgan Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli uy-joylar qurishda “Kapital ishonch” MCHJ jamoasi jonbozlik ko‘rsatmoqda. Ularning sa’y-harakati va g‘ayrati bilan aholi uchun shinam, shaharsozlik talablariga to‘la mos keladigan, shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan turar joylar yanada ko‘payib boryapti.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan suratlar.