“Shaffof ranglar jilosi”
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom Odiljon Umurzoqovning “Shaffof ranglar jilosi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Institut tayanch doktoranti Umida Axmadxo‘jayeva tashabbusi va kuratorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada ijodkor rassomning akvarel texnikasidagi rangtasvir asarlari o‘rin olgan.

Ijodkor o‘z asarlarida go‘yoki rassom o‘laroq, bolalik xotiralarini, uni hayratlantirgan jarayonlarni ertaknamo manzara tasviri uyg‘unligida katta mahorat bilan tasvirlagan.

Ko‘rgazma mobaynida, rassom Odiljon Umurzoqovga institut rektorining samimiy tabrigi va tashakkurnomasi topshirildi. Shuningdek, rassom bilan yelkadosh bo‘lib mehnat faoliyatini olib borayotgan ijodkorlar, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va san’atshunoslar so‘zga chiqib, o‘zlarining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA