2025 yil 20 oktyabrda “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash, tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish, boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish Institutning asosiy vazifalaridan.

Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi. Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

Dildora DO‘SMATOVA,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi