Seyfullayeva Gulnara Adilbekovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Akusherlik amaliyotida qon ketish holatlarida tibbiy yordam ko‘rsatishni sud-tibbiy baholash» mavzusida
Seyfullayeva Gulnara Adilbekovnaning 14.00.24. – Sud tibbiyoti, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya ixtisosliklari bo‘yicha «Akusherlik amaliyotida qon ketish holatlarida tibbiy yordam ko‘rsatishni sud-tibbiy baholash» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2024 yil 9 noyabr kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 2-uy.
Tel.: (+99878) 150-78-14); Faks: (+99878) 150-78-14).