Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.
Opa-singillarimizning ilm olishi, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.
Yaqin-yaqingacha jamiyatimizda “o‘qigan qiz shahar olib berarmidi, qizlar o‘qishni emas, turmushga chiqishni o‘ylashi kerak” mazmunidagi yanglish fikrlar tez-tez uchrab turardi. Bugun bu qarashlar eskirdi. Jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi o‘zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar yuzaga kelyapti, odamlarimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi borasida yangi qadriyatlar shakllandi.
"Faxringman, Vatan!" loyihasining qahramoni iqtidorli qizlarimizdan biri, ko‘plab xalqaro grantlar sohibasi Sevinchoy Ollayorova lavhamizda o‘z faoliyati va ijodi bilan bo‘lishdi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/dSxGwGsc-Qg" title="Sevinchoy Ollayorova: "Xalqaro grantlar sohibasiman"" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA