“Sevinch” – innovatsion bogʻcha
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Sevinch” maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yurita boshlaganiga koʻp boʻlgani yoʻq.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Sevinch” maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yurita boshlaganiga koʻp boʻlgani yoʻq. Bogʻcha zamonaviy innovatsion dasturlar asosida faoliyat olib boradi. Bu yerda jajji bolakaylar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
“Sevinch”da 275 nafar oʻgʻil-qiz 11 guruhda tarbiyalanadi. Bu yerda kichkintoylar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi. Bogʻchada “Ilk qadam” dasturi joriy qilingan boʻlib, bu bolakaylarni zamon talablari asosda tarbiyalanishida muhim oʻrin tutmoqda.Bolalarni maktabga tayyorlashning bir yillik taʼlim-tarbiya dasturi mavjudligi esa ota-onalar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Katta guruhlarda ingliz, rus, oʻzbek tillari mukammal ravishda oʻrgatiladi.





