Seul va Toshkent o‘rtasidagi muntazam reyslar tiklanadi
Shu yilning 30-martidan “Asiana Airlines” aviakompaniyasining Seul – Toshkent – Seul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlari tiklanadi. Reyslar haftasiga bir necha marta – bahorda dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi, yoz va kuz mavsumida shanba kuni ham qo‘shiladi.
“Uzbekistan Airports” kompaniyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, parvozlar zamonaviy “Airbus A330-300” laynerlarida amalga oshiriladi.
O‘tgan yilning oxirlarida to‘xtatilgan parvozlarning tiklanishi O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aviatashuvlarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lib, turizm, ishbilarmonlik tashriflari va xalqaro aloqalarni mustahkamlashda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA