Setora va Sevilning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan turnirda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan turnirda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida barcha raqiblarini yenggan Sevil Yoʻldosheva hamda Setora Normurodova soʻnggi hal qiluvchi final uchrashuvida oʻzaro raqobatlashdi. Murosasiz oʻtgan oʻyinda Setora 6:1, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Juftliklar oʻrtasida esa S.Yoʻldosheva hamda S.Normurodova tandemi qozogʻistonlik Adel Malgonusova hamda rossiyalik Darya Mixaylovani 7:6, 2:6, 10:7 hisobida yengib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Afsuski, oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtgan yakkalik bahslari finalida umidli tennischimiz Aziz Dadaboyev polshalik Yan Vaydemayerga imkoniyatni boy berib qoʻydi va ikkinchi oʻrindan joy oldi.
Juftliklar oʻrtasida Samandar Abdumalikov va Maksim Shin mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Biroq ular soʻnggi hal qiluvchi final oʻyinida omadsizlikka uchrab, turnir vitsechempioniga aylandi.