Sergey Fomin Antaliyada muvaffaqiyatli odimlamoqda
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Sergey Fomin mamlakatimiz sharafini yakkalik bahlarida munosib himoya qilmoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasining musobaqalar taqvimidan joy olgan mazkur turnirda Sergey Fomin ilk uchrashuvini germaniyalik Tim Xandelga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bellashuvning birinchi setini 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal etgan tennischimiz, ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi.
Endi mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi xalqaro turnirning nimchorak finalida avstriyalik Neyl Oberlyaytnerga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA