Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Sergelida 1680 oʻrinli ikkita maktab ochildi

Shu munosabat bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Shu munosabat bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida har biri 1680 oʻringa moʻljallangan yangi 329- va 330-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ishtirok etdi.
2019-yilda Sergeli tumanida 4 yangi maktabning qurilishi boshlangan edi. Hozirda ularning ikkitasi, yaʼni 329- va 330-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarni qabul qilishga shay.
Taʼkidlash lozimki, bu soʻnggi yillarda qurilgan eng katta quvvatga ega maktablar hisoblanadi. Qurish jarayonida 2019-yilda tashkil etilgan Prezident maktablari tajribasidan foydalanildi.
Toʻrt qavatli maktablarning har birida 48 oʻquv xonasi mavjud. Ularning 20 tasi fan xonasi, 14 tasi boshlangʻich sinf xonasi va 14 ta xorijiy tillarni oʻqitishga moʻljallangan oʻquv xonalaridir.
Oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 40 oʻringa moʻljallangan elektron kutubxona, tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, 140 oʻrinli faollar zali, 200 oʻrinli oshxona, 2 sport zali, futbol, basketbol, voleybol maydonlari ham tashkil etilgan.
Mazkur maktablarda taʼlim sifatini yuqori darajada taʼminlash maqsadida Toshkentdagi eng talab yuqori boʻlgan maktab direktorlari orasida tanlov oʻtkazilib, nomzodlar Kuzatuv kengashlari tomonidan tanlab olindi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Sergeli tumanida yangi qurilgan 2 maktabda 292 oʻqituvchi ish bilan taʼminlanadi. Shu atrofda yashovchi aholi farzandlarini maktabga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.
Yangi maktablarda taʼlim davlat tilida olib boriladi. Kelajakda malakali va bilimli oʻqituvchilar jamoasi shakllantirilsa, boshqa tillarda ham taʼlim berilishi mumkin.
https://uza.uz/posts/24266
Ulaşiş




