“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan poytaxtimizning Chilonzor va Olmazor tumanlarida bir vaqtning o‘zida ham elektr va ham issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi ishga tushirilgan.

Ayni kunlarda poytaxtning Sergeli tumanidagi O‘zgarish mahallasida ham ushbu qurilmaning navbatdagisi bunyod etilib, ishga tushirishdan oldingi sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov bu haqda quyidagilarni ma’lum qildi.

–Avvalo, bu ishlardan ko‘zlangan maqsad iste’molchilarni barqaror issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashdir.

Mazkur investitsiya loyihasi Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda 2,3 MVt elektr va 11 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan qurilmani o‘rnatish ishlari 98 foizga yetgan. 

[gallery-22617]

Loyihaga ko‘ra, Sergeli tumanidagi O‘zgarish mahallasida Germaniyaning 1 ta gaz-porshenli qurilmasi hamda 2 ta “Bosch” qozonlari o‘rnatilgan. Mazkur eng zamonaviy va energiya tejamkor bo‘lgan uskunalar hisobiga yiliga 220 ming metr kub tabiiy gaz tejaladi hamda atmosferaga ortiqcha tashlanmalarning tashlanishi oldi olinadi.

Zamonaviy loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 18,4 million kilovatt soat elektr energiyasi hamda 46 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha joriy yilning aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Qurilma ishga tushgach, hududdagi 51 ta ko‘p qavatli uy, 1 ta maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi va 1 ta ijtimoiy soha ob’ekti hamda tadbirkorlik sub’ektlari barqaror issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti so‘nggi nuqtalarida joylashgan 11 ta mahallada kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Chilonzor va Olmazor tumanlarida ushbu qurilmalar muvaffaqiyatli ishlab turibdi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergeli tumanida yangi kogeneratsiya qurilmasi ishga tushiriladi