Sentob eng yaxshi turizm qishlog‘i deb e’tirof etildi
Samarqandda davom etayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida 2023 yilning eng yaxshi turizm qishloqlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
E’tiborlisi, dunyoning turizm rivojlangan qishloqlari orasida mamlakatimizdan Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog‘i 2023 yilning eng yaxshi turizm qishlog‘i deb e’tirof etildi.
G‘. Hasanov,
A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari