Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir hamda jurnalist Odil Hotamov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “Sendan bir so‘z qarz oldim, xalqim!” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan shoirning do‘stlari, shogirdlari, shoir va yozuvchilar, yoshlar dastlab markaz foyesida fotojurnalist Abdug‘ani Jumayevning Odil Hotamov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi bilan tanishdi.  

Tadbirda uning do‘stlari, shoir va yozuvchilar so‘zga chiqib, O.Hotamov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi, u kishining xotirasiga bag‘ishlangan she’rlaridan o‘qidi.

Qariyb 50 yilga yaqin vaqt davomida bosma ommaviy axborot vositalarida, xususan, “Karmana ovozi” gazetasi tahririyatida faoliyat ko‘rsatgan ustoz jurnalist uzoq yillik samarali mehnatlari uchun davlatimizning yuksak mukofotlari – 2000 yilda “Shuhrat” medali, 2011 yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.  

– Odil Hotamov ko‘pchilikning mehrini qozongan, ularning ko‘nglidan joy olgan shoir edi, – deydi filologiya fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. – Esimda, 2022 yilning kech kuzida uning “Saylanma” kitobi taqdimoti o‘tkazilgan edi. Shunda o‘sha kitob bilan tanishishimga to‘g‘ri keldi. Kitobning mag‘zi to‘q, samimiy bitilgan she’rlar ko‘p ekan. Uning bitiklari ko‘pchiligimizning o‘tgan kunlarimizni yodga solishi, bizdan uzoqlashgan qadriyatlarni esga tushirishi bilan ko‘ngillarni tozalash xususiyatiga ega edi. U aytilishi kerak bo‘lgan ko‘ngil to‘ridagi eng zarur fikrni ko‘pincha she’rlarining so‘nggiga asrab qo‘yadi va ularni bosh harflarda ifoda etadi. Zero, u tuyg‘ular chindan ham ulkan, inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tuyg‘uning o‘quvchiga ham yuqadigan va zavq beradigan yo‘sinda ifoda etilgani esa tasvir ta’sirini yanada oshiradi. Odil Hotamovning she’rlarini sinchiklab o‘qish va ularning ta’sir qudratini his etish ko‘ngil yuksalishining eng samara beradigan vositasidir.  

[gallery-22292]

Alohida e’tirof etish joizki, Odil Hotamov matbuot tizimida o‘zining uzoq yillik samarali mehnati bilan respublika va viloyat jurnalistlari o‘rtasida hurmat qozongan, o‘ziga xos jurnalistika maktabini yaratgan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, o‘zi va shogirdlariga nisbatan talabchan, kamtarin va samimiy insonlardan biri edi.

Uning “Kechki maysalar”, “Buloq ko‘z ochdi”, “Tiriklik shami”, “Nigohlar”, “Dala yo‘li”, “Nafas”, “Yurakdagi so‘z”, “Quyosh siyohdoni”, “Xirmon” deb nomlangan she’riy to‘plamlari, “Yuksakdagi daraxt” nomli xotira qissasi kitobxonlar qalbidan joy egallagan.  

Odil Hotamov 40 yilga yaqin vaqt davomida “Karmana ovozi” gazetasi tahririyati qoshida tashkil etilgan “Chashma” to‘garagiga rahbarlik qildi. Bugungi kunda mazkur to‘garakning 70 nafardan ortiq ijodkorlari respublika va viloyat ommaviy axborot vositalarida, nashriyotlarda, turli ta’lim muassasalarida samarali faoliyat olib bormoqda.

Serqirra ijodkor, fidoyi inson mamlakatimiz jurnalistlari, viloyat faollari va aholisi o‘rtasida hurmat qozongan edi.

– Odil aka bilan talabalik davrimda, Toshkent davlat universiteti profilaktoriysida tanishganman, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘roz Haydar. – Meni tortgan mehr uning samimiy va kamtarligi bo‘lgan. U kishi akam Nazar Shukur bilan qalin do‘st bo‘lib, hamisha bir-birlari bilan maktublar yozishar edi. Esimda 1979 yilda Odil aka qishlog‘imizga kelganida uyimiz mehmonga to‘lib ketgan edi. Gurunglar tong yorishayotgan vaqtda nihoyasiga yetgan. Aksariyat ijodkorlar unib-o‘sish uchun, adabiy muhitga yaqinroq bo‘lish uchun poytaxtga intiladi. Ammo u kishi markazga intilmadi, shon-shuhratning orqasidan quvmadi. Haqiqiy ijodkor o‘zining tumanida ham, qishlog‘ida ham adabiy muhit yarata olar ekan. Buni men ustoz Odil Hotamovning Karmanada yashab, bu yerning yosh ijodkorlariga bo‘lgan mehr-muhabbatida, ularni qo‘llab-quvvatlashida ko‘rdim.  

Poytaxtdan kelgan shoir va yozuvchilar O.Hotamov tahsil olgan Navbahor tumanidagi 9-umumta’lim maktabida tashkil etilgan xotira tadbirida ishtirok etdi.  

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sendan bir so‘z qarz oldim, xalqim!