Senator ichimlik suvi haqida qaygʻurmoqda
Aholi turmush farovonligini taʼminlash, ularga munosib sharoitlar yaratish har rahbarning burchi va vazifasidir.
Aholi turmush farovonligini taʼminlash, ularga munosib sharoitlar yaratish har rahbarning burchi va vazifasidir. Shu maqsaddan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatidan saylangan senator Abdugʻani Sanginov xayrli ishlar davom ettirmoqda.
Karantin davrida, ogʻir va sinovli kunlarda xalqimizning ogʻirini yengil qilish maqsadida senator oʻtgan oyda Denov tumanida amalga oshirilgan sayyor uchrashuvlarda aholi ichimlik suvini yaxshilash borasida murojaatlar qilgan edi. Shunga koʻra, Denov tumani aholisi ichimlik suv taʼminotini yaxshilash va ichimlik suvi muammosini bartaraf etish boʻyicha 35 mahallaga suv quduqlari qazib berildi.
Jumladan, 10 ta mahallaga 10 yangi suv quduq (artizan)lari va suv minoralari qurib, ishlashga topshirildi. Yana 10 ta mahallaga 15 ta yangi suv nasoslari oʻrnatib, foydalanishga topshirildi. Qolgan suv quduqlari esa tozalab, taʼmirlab berildi.
Xalqimizda “Suv keltirgan elda aziz” deb bejiz aytishmagan. Bu kabi savobli ishlarni har birimiz har kuni qilmogʻimiz lozim.