Bugun, 2025 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis  videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.  

Yalpi majlisning birinchi ish kunida banklarni sanatsiya qilish va tugatish, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, davlat mudofaa buyurtmasi, ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.  

Bugun senatorlar  “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2024 yil 23 avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarni muhokama qiladi.  

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot institutlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda.  

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar haqida batafsil yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring!  

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda