Senat yalpi majlisida senatorlar aholini qiynayotgan muammolarga e’tibor qaratdi.

Prezidentimizning aholiga ko‘rsatilayotgan kardiologik va kardiojarrohlik xizmatlari sifatini yaxshilash, hududlarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, barvaqt aniqlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha 103-sonli qarori qabul qilingan.  

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2023 yil 1 yanvarga qadar asoslangan hisob-kitoblar hamda ehtiyojga ko‘ra, tuman (shahar) shifoxonalarini 4 turdagi kardiologiya uskunalari bilan jihozlash hisobiga ko‘rsatiladigan xizmat turlari 15 taga yetkazilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan.

Senator Manzura Salimovaning qayd etishicha, bugunga qadar Respublikadagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari 4 turdagi kardiologiya uskunalari xususan – 28 ta EKG, 143 ta ExoKG, 71 ta xolter-monitor hamda 39 ta defibrillyator bilan ta’minlanmagan.

Joriy yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bor-yo‘g‘i 11 ta ExoKG, 47 ta xolter-monitor hamda 29 ta defibrillyator uskunalari yetkazib berilgan, xolos.

Senator qachon birlamchi tizim yurak-qon tomir kasalliklari skriningi uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan ta’minlanadi, ushbu maqsadlar uchun kelgusi yil byudjetida mablag‘ ko‘zda tutilganmi, degan savolni o‘rtaga tashladi.  

Savolga Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari F.Tashpo‘latov javob berar ekan, Prezidentimizning 103-sonli qarori ijrosi bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.  

Haqiqatan, tuman (shahar) shifoxonalarini 4 turdagi kardiologiya uskunalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.  

Buning uchun davlat byudjetidan 150 milliard so‘m ajratilgan. Bu yo‘nalishdagi tender savdolari yakuniga yetkazilmoqda.

Kelgusi yil uchun esa ushbu maqsad uchun 124 milliard ajratilgan bo‘lib, yangi qurilgan tibbiyot muassasalari, markazlashgan kardiologiya bo‘limlariga zarur tibbiy jihozlar yetkazib beriladi.  

Qaror ijrosi doirasida 13 ExoKG apparati olib kelingan. Yangi yilgacha bu jihozlar joylarga yetkazib berildi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: tuman va shahar shifoxonalari kardiologiya uskunalari bilan qachon yetarlicha ta’minlanadi?