Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soliq siyosatini takomillashtirish orqali soliq yukini kamaytirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat ishlari doirasida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurati yuzaga kelgan. 

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga qaratilgan. 

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobil Tursunovning qayd etishicha, qonun bilan Jinoyat kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka sabab bo‘ladigan zarar miqdorini oshirish, yetkazilgan zararning o‘rni sudga qadar bosqichda va sud muhokamaci davomida to‘liq qoplangan taqdirda javobgarlikdan ozod qilish, shuningdek, vakolatli organlarning tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirish hamda ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq vakolatlarini aniqlashtirishni o‘z ichiga oladi. 

Jinoyat-protsessual kodeksga tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida Biznes-ombudsman yoki Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishini belgilovchi qoidalar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksida va Soliq kodeksida sud qaror chiqarguniga qadar tergov jarayonida qo‘shimcha hisoblanib undirilgan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penya hisoblanmasligi, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi bo‘yicha to‘lab berilgan kompensatsiya pullari daromad solig‘iga tortilmasligi kabi o‘zartirishlar ham nazarda tutilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng raqobat muhiti yaratiladi