Yosh tadbirkor Shahribonu Yusupboyeva 2019 yili 25 million so‘m imtiyozli kredit olib, milliy va zamonaviy liboslar sexini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay, Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlarida bo‘lib, davlatimiz rahbarining Orolbo‘yiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Senat raisi dastlab Shumanay tumanidagi “SHomanay eco teks» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi.

Qiymati 21 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu loyiha joriy yilning mart oyida ishga tushirildi. Bu yerga Shveysariyaning “Rieter”, “Uster”, Yaponiyaning “Murata”, Turkiyaning “Temsan” firmalarining zamonaviy dastgohlari o‘rnatildi. Natijada 480 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirgacha 4500 tonna mahsulot Pokiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya davlatlariga eksport qilindi.

Yangi korxonaning ishga tushirilishi bilan ko‘plab xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Tumanning “Dehqonobod” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Saltanat Bekniyazova ham ishli bo‘ldi.

-Qo‘ng‘irot kimyo-texnologiya kasb-hunar kollejini 2013 yilda tugatib, ishsiz edim,-deydi S.Bekniyazova.-Biz ham tumanimizda mana shunday korxonaning ochilishini orzu qilar edik. Bugun esa, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishlab, zamonaviy uskunalarni boshqaryapman. Ishga kelib ketish uchun avtobus ajratilgan. Ishchilar maxsus kiyim-kechak, issiq ovqat bilan ta’minlangan. Ovul ayollariga bunday shart-sharoit yaratib bergan Prezidentimizga minnatdorchilik bildiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi, korxonadagi sharoitlar bilan tanishdi.

Tumandagi “RANN-OMAD” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 1 gektar maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etish loyihasi uchun 4,3 milliard so‘mlik kredit ajratildi. Janubiy Koreyaning "Myung Sung Placon" LTD firmasidan shartnoma asosida 500 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga zamonaviy uskunalar olib kelindi.

Ushbu loyiha 2019 yil yanvarda to‘liq foydalanishga topshirildi va 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Issiqxonada yiliga 120 tonna bodring mahsulotlari yetishtirilib, ichki bozorni ta’minlamoqda. Kelgusida loyiha yanada kengaytirilib, jami 5 gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Senat Raisi shu yerning o‘zida xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ularning muammolari bilan qiziqdi.

Yosh tadbirkor Shahribonu Yusupboyeva 2019 yili 25 million so‘m imtiyozli kredit olib, milliy va zamonaviy liboslar sexini tashkil etdi. Faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilda 200 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, "Shumanay-Shamenay" mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etdi. Tikuvchilik va go‘zallik saloniga ixtisoslashgan korxonada bugungi kunda 13 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.

Karantin davrida ham ish to‘xtagani yo‘q, qoidalarga amal qilgan holda faoliyat olib borildi. Bundan tashqari, joriy yilning yakuniga qadar yana 13 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minlashni, shu bilan birga "Temir daftar"ga kiritilgan va uyda ishsiz o‘tirgan 65 nafar xotin-qizni qayta kasbga o‘qitishni reja qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva tuman 4 ta sektor rahbarlari va faollar bilan uchrashdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida har bir shahar va tumanni, shu jumladan Shumanay tumanini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha belgilab bergan vazifalar ijrosi yuzasidan so‘z yuritildi. Ushbu ishlarni yangicha tashkil etish va nazorat qilish uchun Oliy Majlis Senatida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash va daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi qo‘mita tashkil etilgani qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari va deputatlar bu borada o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Senat Raisi Xo‘jayli tumanidagi 1-respublika “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Shu yerning o‘zida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi va tuman deputatlari bilan fikr-mulohazalar bo‘ldi. Shundan so‘ng tumandagi “Elite Stars Textile” MCHJ tomonidan tashkil etilgan ip kalava yigirish korxonasi, Taxiatosh tumanidagi “Nayman agro teplica” MCHJ tomonidan yetishtirilayotgan sabzavot mahsulotlari hamda mehnat qilayotgan xotin-qizlar faoliyati, “Region agro invest” MCHJning yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi hamda qurilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek tumandagi “Atiyag gulzar” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan va eksport qilinayotgan un mahsulotlari ko‘zdan kechirildi va shu yerning o‘zida tuman deputatlari bilan uchrashdi. “Saxovat va ko‘mak” dasturi doirasida “Temir daftar”dagi har bir oilani ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat raisi joylarda loyihalar bilan tanishdi