Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida mudofaa sohasiga oid qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunni ko‘rib chiqish asnosida Qurolli Kuchlarni professional tuzilmaga aylantirish hamda harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.  

Qonun harbiy ro‘yxatga olish va undan chiqarish tartibi, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risidagi axborotning elektron almashuvini takomillashtirishga qaratilgan.

Tadbirda Senat yalpi majlislarida muhokama qilingan muammoli masalalarning hal qilinishi yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va tegishli vazirliklarning axborotlari eshitildi.

Jumladan, abonentlarning roziligisiz va xabardorligisiz mobil aloqa operatorlari ularni pullik SMS-xabarlarga hamda xizmatlarga avtomatik tarzda ulab qo‘yayotgani hamda Toshkent shahridagi piyodalar yer usti o‘tish joylarida o‘rnatilgan lift va eskalatorlarning nosoz holatda ekani, ayrim piyodalar o‘tish joylarida esa lift va eskalatorlar o‘rnatilmagani bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbarlarining axborotlari eshitildi.  

Muhokama yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat qo‘mitasida mudofaaga oid qonunchilik va aholini tashvishga solayotgan muammolar ko‘rib chiqildi