Davlatimiz rahbari Senatning mahalliy kengashlar bilan hamkorligi, ularga amaliy va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligini qayd etgan.

Senat tomonidan aynan shu masalaga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Mahalliy kengashlar bilan hamkorlik, fikr almashish sezilarli darajada yaxshilandi. Qonunlar muhokamasi jarayonida ham mahalliy kengashlar vakillari mulohazalari inobatga olinmoqda. 

Davlatimiz rahbarining farmoni bilan esa “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Unga ko‘ra, mahalliy kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtiroki kuchaytiriladi. 

Shu kunlarda Senat qo‘mitalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari doimiy komissiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahar kengashlari kotibiyatlari xodimlari Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazida amaliyot o‘tadi.

Amaliyot davomida deputatlar Senat qo‘mitalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, mahalliy kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga doir masalalarda mahalliy vakillik organlarining ishtirokini oshirish  masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, deputatlarning qonunchilik jarayonida ishtirok etish va hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunlarni shakllantirish bo‘yicha malakalari mustahkamlandi.

Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Anvar Tuychiyev boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalliy kengashlar va doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish, Senat qo‘mitalari va mahalliy hokimiyat vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ijro hokimiyati ustidan nazorat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat qo‘mitalari va mahalliy kengashlar doimiy komissiyalari hamkorligi kuchaymoqda