Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shuningdek, sohada faoliyat olib borayotgan sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish zarurati yuzaga kelgan. 

Shu maqsadda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi.

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi va “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunlarga tahririy o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilgani munosabati bilan amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirildi. 

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi o‘zining hamda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi sub’ektlarning, issiqxona xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga berilgan arizalar, shikoyatlar va da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, agrar sohadagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi