Mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishni raqamlashtirish hamda inson omilini kamaytirish yuzasidan qonunchilikka yangi normalar kiritildi. Bundan tashqari, sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday bo‘yin tovlashning oldini olish, fuqarolarning mol-mulki va pul mablag‘lari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan qator qonun hujjatlari amaliyotga tatbiq qilindi. 

Tahlillarga ko‘ra, 2022-2024 yillar davomida sud qarorlari ijrosiga oid ko‘plab ijro hujjatlari sud tartibida nizolashayotgani va davlat ijrochisi harakatlari ustidan shikoyat qilinayotgani sababli ijro jarayonida muayyan muammolar vujudga kelmoqda. Natijada qarzdor o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar sababli o‘z faoliyatini davom ettira olmayapti. 

Sud qarori qabul qilingan shaxslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash maqsadida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayoniga kafolat mablag‘ini kiritish institutini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda. 

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida muhokama qilingan “Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish instituti joriy etilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun yuqoridagi muammolarga barham berishga qaratilgan. 

Qonunda ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘lishi nazarda tutilmoqda. 

Senatorlar ma’qullagan qonunning hayotga tatbiq etilishi mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sud qarorlari ijrosini ta’minlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish instituti joriy etiladi