Senat yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasiga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, ulardagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov yurtimizda ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.  

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlarini yumshatish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish ustuvor vazifaga aylandi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda sohani boshqaruvchi va tartibga soluvchi mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilgan.    

Amalga oshirilgan ishlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar umumiy maydoni 6,321 million gektarga yetkazilib, ular mamlakat hududining 14,08 foizini tashkil etmoqda.  

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda esa O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar (umurtqali) turlarining 83 foizi va o‘simlik turlarining 89 foizi qamrab olingan.  

Senatorlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bioxilma-xillikni asrash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot olami vakillari kadastri yuritilishida ayrim masalalar mavjudligini ta’kidladi.  

Jumladan, aholi tomonidan noqonuniy tarzda chorva mollari boqilishi va boshqa salbiy omillar sabab muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy biomassasi siyraklashgan.  

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning biologik xilma-xilligi, degradatsiya jarayonlari, ularning xo‘jalik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari talab darajasida emas.  

Inqirozga uchragan maydonlarni qayta tiklash ishlari amalga oshirilmagani tufayli shamol va suv ta’sirida tuproq eroziyasi kuchayib, cho‘llanish, chang-to‘zonlarning hosil bo‘lishi surunkali tus olmoqda.  

Keyingi yillarda turli tabiiy va antropogen omillar tufayli hayvonot va nabotot olami turlari soni kamayib, yashash muhitlaridagi ahvol yanada keskinlashmoqda.  

Ayrim hududlarda o‘rnatilgan tartib-qoidalar (rejim) buzilishi, jumladan, brakonerlik, noqonuniy qurilishlar hamda chorva mollari boqilishi oqibatida yovvoyi hayvon va o‘simliklarga zarar yetkazilmoqda. Aksariyat hollarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayapti.  

Sohada mutaxassislar tayyorlash tizimi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani bois, malakali kadrlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, brakonerlik, hayvonot va o‘simlik dunyosi kontrabandasi, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, chorva mollarini boqish, kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish, sohani raqamlashtirish lozimligi ta’kidlandi.  

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini yanada kengaytirish, ulardan samarali foydalanish, ijara munosabatlarini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik qoidalarini joriy etish, yong‘in xavfsizligini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amaliy choralar samaradorligini oshirish zarurligiga e’tibor qaratildi.  

Muhokama yakunida hukumatga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, ulardagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida Senat qarori qabul qilindi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat hukumatga parlament so‘rovi yubordi