Yangilangan Konstitutsiyada “Fuqarolik jamiyati institutlari” deb nomlangan alohida bob mavjud. Unga ko‘ra, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur konstitutsiyaviy islohotlar yurtimizda fuqarolik jamiyatlari institutlari rivojiga keng yo‘l ochdi.  

Oliy Majlis Senatida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi.  

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmurodov davlat boshqaruviga jamoatchilikni keng jalb etish, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va nodavlat sektor faoliyati uchun qulay sharoit yaratish demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.  

Fuqarolik jamiyati institutlari esa aholining ehtiyojlarini aks ettiruvchi va davlat bilan jamiyat o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi muhim mexanizmga aylanib bormoqda.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham davlat boshqaruvini xalqqa xizmat qilishni ta’minlashga yo‘naltirish, jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan.  

Mamlakat tarixida ilk marta 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qabul qilinishi ham bu boradagi islohotlarning izchil davom etayotganidan dalolat berib turibdi.

Tadbirda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashdagi o‘rni alohida qayd etildi. NNT faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda fuqarolik faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlikni kuchaytirishga oid takliflar bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: fuqarolik jamiyati institutlari millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda