Bugun poytaxtimizda “Energiya servis korxonalari (ESKO) – nazariya va tadbiq qilish amaliyoti” mavzusida mintaqaviy texnik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir  Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi tomonidan “Markaziy Osiyoda barqaror energiya bog‘liqligi” (SECCA) loyihasi doirasida tashkil etildi.

Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari  va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadi qo‘yilgan. Shuningdek,  2030 yilga qadar iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga  oshirish belgilangan bo‘lib, ayni paytda ushbu yo‘nalishda xorijiy hamkorlar bilan qator ishlar olib borilmoqda.

Mazkur loyihaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoni mintaqaning qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi salohiyatini hisobga olgan holda energo samaradorligini oshirish  imkoniyatlari, shuningdek, mintaqada barqaror energetik bog‘liqlikni ta’minlash bo‘yicha joriy sa’y-harakatlarini qo‘llab–quvvatlashni zimmasiga olgan. Shu maqsadda, Yevropa Ittifoqi “Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda barqaror energetik bog‘liqlikni qo‘llab-quvvatlash” deb nomlangan to‘rt yillik loyihasini ishga tushirgan. 

[gallery-18010]

“Energiya servis korxonalari” – ESKO energo samaradarlikni oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida yechimlarni integratsiyalar hisobiga barqaror energetikani ilgari surishda katta ahamiyat kasb etadi. ESKO energoauditlar, loyihalarni ishlab chiqish, moliyalashtirish, amalga oshirish va joriy xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks energetika yechimlarini   taqdim etadi. ESKO shuningdek, energiya iste’molini tushirishga va is gazlarini havoga chiqarishni kamaytirishga yordam beradi. Bu nafaqat ekologiya barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi, balki energiya xarajatlarini tushirish va innovatsion energetik texnologiyalarni joriy qilish hisobiga  sezilarli ravishda iqtisodiy foydani ta’minlaydi. 

Seminarda SECCA ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga ESKO asoslari bo‘yicha, jumladan, uni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, huquqiy bazasi, energoservis xizmatlarini ko‘rsatishda energoaudit ahmiyati, amaliyot muammolari va yechimlari bo‘yicha   atroflicha ma’lumot berildi. 

Yig‘ilishda ESKOning Qozog‘istondagi faoliyati, ESKOni rivojlantirishda YeI salohiyati, ESKO uchun zarur bo‘lgan yuridik hujjatlar, jamoatchilik foydalanadigan binolar sohasida Litva tajribasi, bozorni rivojlantirish modellari kabi mavzularda qator ma’ruzalar tinglandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar savollariga ekspertlar tomonidan javob qaytarildi.

Saidmurod Rahimov, 

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seminar Markaziy Osiyoni energetika bilan barqaror ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi