Seminar: asosiy maqsad – tabiatni asrash
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 6 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriq asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘rmon fondi yerlarida ekoturizm loyihalarini amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, ekoturizm yo‘nalishi bo‘yicha o‘rmon fondi yerlarida 2030 yilgacha ekologik ob’ektlar soni 600 taga, ekomarshrutlar soni esa 120 taga, rekreasiya hududlari soni 40 taga, ekoturizm loyihalari soni esa 1500 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘rmon xo‘jaliklari 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish dasturlari asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Xalqaro aloqalar va ekoturizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda “Green world Future” nodavlat notijorat takiloti bilan hamkorlikda Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasining So‘qoq bo‘limida tashkil etilgan ekoturizmni va uning infratuzulmasini rivojlantirish borasidagi amaliy seminarda shu haqda so‘z bordi.
Unda “Yosh o‘rmonchi” hamda “Yosh landshaft dizayner” TIJ to‘garagi a’zolari ishtirok etib, o‘qish davomida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamladi.
Amaliy seminarda xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda eko so‘qmoqlarni tashkil qilish, yo‘l ko‘rsatkichlar, panolar va ahlat qutilarni o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilib, faol ishtirokchilar sovg‘a va sertifikatlar bilan munosib taqdirlandi.