Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani o‘ziga xos tizim sifatida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Zero, har bir sektor rahbarlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash barobarida joylardagi turli muammolarning hal etilishi, hududlar qiyofasi o‘zgarishiga ko‘maklashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning Toshkent shahar filiali tomonidan sektor rahbarlari faoliyati muntazam baholab borilmoqda. Unga asosan sektor rahbarlarini har chorakda 13 ta ko‘rsatkich (indikator) asosida baholab borish yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda Toshken shahridagi 48 ta sektor faoliyati o‘rganilib, baholab kelinmoqda.

Barcha darajadagi rahbar xodimlar, xususan, sektor mas’ullarining aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishda boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ish vaqtini samarali taqsimlash, mavjud resurslardan unumli foydalanish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qilayotgan sektorlar o‘z hududlarida barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etish bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil  23 avgustdagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, baholash natijalari bo‘yicha respublika darajasida «eng namunali sektor» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan sektorlar belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, baholash natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida «eng tashabbuskor sektor» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan sektorlar ham moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Xo‘sh, mazkur yo‘nalishlar asosida olib borilgan ishlarning baholanishi qanday metodika va ko‘rsatkichlarga asoslanadi?

Ta’kidlash joizki, baholashning o‘z mezonlari mavjud. Masalan, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» bilan ishlash natijadorligi, «mahallabay» ishlash tizimining yuritilishi holati, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi, tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi kabi jihatlar e’tiborga olinadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi barcha viloyat, tuman va shaharlardagi hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Agentlik 100 ballik tizimda yakuniy baholashning 50 foizini EMSK, 30 foizini aholi va 20 foizini mahalla raislari orasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari tashkil etishini ma’lum qilgan.

Agentlikning argos.uz portalidagi «Reyting» sahifasida  2021 yilning ikkinchi chorak bo‘yicha natijalari joylashtirildi. Unga ko‘ra respublikadagi 207 ta tuman baholanib, kuchli 10 talikdan Toshkent shahridagi Mirobod va Yangihayot tumanlari ham o‘rin olgan.  

Shuni alohida qayd etish lozimki, sektorlar faoliyati samaradorligi hududlar obodligiga, aholi farovonligiga, jamiyatda sog‘lom muhit yaratilishiga zamin bo‘ladi. Shunday ekan, sektor mas’ullarining natijador ish faoliyatini muntazam baholab, rag‘batlantirib borilishi ularga yanada ruhiy madad bo‘lib, mas’uliyatini oshiradi.

S. Farmonov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini

 rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali yetakchi inspektori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sektorlar faoliyati qanday mezonlar bilan baholanadi?