Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov Urgut tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tuman hokimligi, Prezident Xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda urgutliklar mahallalar ichki yo‘llarini ta’mirlash, maktablar uchun qo‘shimcha sinfxonalar qurish va bog‘chalar tashkil etish, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, suyultirilgan gaz ballonlarni yetkazib berish va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildi. 

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar belgilanib, ularni hal etish choralari belgilandi. Joyida o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha mutasaddilar oldiga vazifalar qo‘yildi.

[gallery-23027]

– Mahallamizdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish yuzasidan senatorga murojaat qildim, – deydi Yalpoqtepa mahallasida yashovchi Asli Isrofilov. – Shuningdek, mahallamizga yaqin hududda maktab tashkil etish bo‘yicha taklifimizni bildirdik. Yo‘l va simyog‘och masalasi tuman hokimligi tomonidan hal etilishi belgilandi. Maktab masalasi o‘rganilib, keyingi yillar dasturiga taklif berilishi aytildi.

Qabul davomida A.Ko‘chimov Oliy Majlis Senatining yaqinda o‘tkazilgan yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar, ma’qullangan qonunlar haqida ham so‘z yuritib, ularning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Tadbirda A.Ko‘chimov va samarqandlik taniqli ijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev bugungi kunda aholi tomonidan keng muhokama qilinayotgan to‘y va boshqa marosimlarni ixcham, kamxarj qilib o‘tkazish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolarga ijodkorlarning yangi kitoblari taqdim etildi.

Urgutga safari davomida Oliy Majlis Senati a’zosi Abdusaid Ko‘chimov tuman axborot- kutubxona markazida kitobxonlik haftaligi doirasida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda ham ishtirok etdi va kutubxonaga o‘z asarlaridan sovg‘a qildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda murojaatchilarga kitob sovg‘a qilindi